Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Samarqandda yirik yong‘inlar yuz berdi, bir kishi halok bo‘ldi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro B.Xoshimovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 60 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB xabar qildi.
Samarqand shahrida yashagan fuqaro M.Valentinovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 40 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining kuygan holdagi jasadi topilgan.
Toshkent shahar Olmazor tumani Chuqursoy ko‘chasida joylashgan «Black Door» MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lib, 300 kv. metr maydonda jihozlar yong‘indan zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
10:20 / 21.02.2026
Uchtepadagi bozor yong‘ini bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi
09:20 / 21.02.2026
Izza qurilish bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
12:59 / 19.02.2026
Olmazor tumanidagi sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi
09:58 / 19.02.2026