Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya o‘z hududida Turkiyaning o‘lim jazosiga doir referendumini o‘tkazishni taqiqlaydi
Avstriya turk hukumati istagan taqdirda ham, o‘z hududida o‘lim jazosiga doir referendumni o‘tkazishni taqiqlaydi. Bu haqda Avstriya TIV rahbari Sebastyan Kurts ma'lum qildi.
"Qonunchilikka muvofiq, xalqaro huquq doirasida buning imkoni bor, bu davlatga uning hududiy suvereniteti asosida xorijiy referendum o‘tkazishni taqiqlash imkonini beradi", - dedi Avstriya matbuot agentligi vaziri.
"O‘lim jazosining reja asosida kiritilishi bunday qadam uchun asosli hisoblanadi", - qo‘shimcha qildi Kurts.
Bugungi kunda Avstriyada taxminan 273 ming turkiyalik yashaydi, ulardan 120 ming nafari ovoz berish huquqiga ega.
Bundan avval GFR hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert ham Germaniya o‘z hududida bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026