16:48 / 05.05.2017
8081

Yekaterinburgdagi maktablarda bolalar boy va kambag‘allarga ajratib qo‘yildi

Foto: ria.ru

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati prokuraturasi OAVning Yekaterinburgdagi qator maktablarda bolalarni ovqatlantirish o‘ziga to‘qlar va boy bo‘lmaganlar prinsipi bo‘yicha tashkil etilgani haqidagi ma'lumotni tekshirmoqda.

O‘quvchining u yoki bu toifaga kirishi oshxonadagi taomlanishiga bog‘liq.

"Xabar qilinishicha, maktablarda bolalarga ota-onasining moddiy holatidan kelib chiqqan holda ovqat berilgan. Shuning uchun, kam ta'minlangan va ko‘p farzandli oilalar bolalari, shuningdek, ota-onasi yaxshilangan taomlar kompleksiga pul to‘lash imkoniga ega bo‘lmagan o‘quvchilar alohida stollarda o‘tirishadi. Bu kamsitish va voyaga yetmaganlar huquqlarini poymol qilishdir", - deya xabar bergan viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.

Bugungi kunda ota-onalar o‘z farzandi tushligi uchun kuniga 65 rubldan to‘laydi (yoki 75 – sharbat ham olinsa). Imtiyozli toifalar uchun ajratiluvchi pullar kamroq. Kam ta'minlanganlar tushliklarida iqtisod qilish taom miqdorining kamligi, yoki arzonroq mahsulotlar hisobidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, shartli ravishda kambag‘al va boy o‘quvchilar uchun turli stollar bor.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, bunday vaziyat shaharning kamida ikkita o‘quv muassasasi – Chkalov va Kirov tumanlaridagi maktablarda ro‘y bermoqda.

Tekshiruv jarayonida ko‘p farzandli oilalardan bo‘lgan o‘quvchilar, yetim-bolalar va ota-ona qarovisiz qolganlar qanday taomlar iste'mol qilayotganiga alohida e'tibor qaratiladi. 

Top