Jamiyat | 08:18 / 19.09.2025
2062
1 daqiqa o‘qiladi

Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan ona va uning voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga olib kelindi.

Foto: Dunyo

Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, X.M. ariza bilan murojaat qilib, moliyaviy qiyin ahvolda qolgani sababli voyaga yetmagan farzandi bilan birga O‘zbekistonga qaytarishni so‘ragan.

X.M. Rossiya Yekaterinburg shahriga shu yil iyul oyida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish maqsadida kelgan. Lekin rus tilini bilish darajasini beruvchi sertifikatni rasmiylashtira olmaganligi sababli qonuniy tarzda mehnat faoliyatini amalga oshira olmagan, natijada farzandi bilan og‘ir ahvolda qolgan.

Bosh konsulxona uning murojaatini qanoatlantirib, "Yekaterinburg-Namangan" yo‘nalishida aviachipta xarid qilib berdi.

Ona va bola diplomatlar tomonidan "Yekaterinburg-Namangan" yo‘nalishidagi samolyotda O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

Mavzuga oid