Ushbu insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" tadbiri doirasida amalga oshirildi.

O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolarning aksariyatini onalar va ularning voyaga yetmagan bolalari tashkil qiladi.

Mazkur fuqarolar diplomatlar tomonidan Yekaterinburg-Toshkent yo‘nalishidagi aviareysi orqali O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.