Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni tekshirish uchun bepul sayt ishga tushadi
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekistonda dyhxx.uz sayti ishga tushirildi, unda qisqacha ro‘yxatga olish jarayonidan o‘tib, Toshkent shahri yo‘llari va chorrahalarida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun o‘zingizga nisbatan jarima qo‘llangan-qo‘llanilmaganini bilib olish mumkin
Biroq oradan bir kun o‘tib quvonch umidsizlikka aylandi. Sayt faqatgina UMS uyali aloqa kompaniyasining abonentlari uchungina xizmat ko‘rsatmoqda. Mamlakat uyali aloqa bozorining ikkita katta o‘yinchisi Ucell va Beeline negadir chetda qolib ketdi – ya'ni, 20 million abonentlar. Bundan tashqari, yana bir qiziq jihati – IIBB Milliy mobil operatorni ham chetlab o‘tgan.
Shuningdek, jarimalar haqidagi ma'lumotni olish pulli ekani ham tushunarsiz. Saytda ro‘yxatdan o‘tish ma'lum haq evaziga amalga oshiriladi. "Portalda har bir ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida kirish kodi bo‘lgan kiruvchi SMS-xabarlar narxi Markaziy bankning hozirgi kursi bo‘yicha 0,02 USD’ni tashkil etadi", - deya ta'kidlashgan saytni ishlab chiqqan kompaniyada Sputnik nashriga.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda bu qanchalik adolatli – nazorat organlariga yaxshi savol. YHXB matbuot kotibi Alisher Abduqodirovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada sayt boshqa kompaniyalar abonentlariga ham xizmat ko‘rsata boshlaydi, ular bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Biroq asosiysi bu emas. Yaqin haftalar ichida shunga o‘xshash, biroq butunlay bepul bo‘lgan servis Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushadi. Bu yerda hech qanday pul to‘lamay turib ro‘yxatdan o‘tish va jarimalarni ko‘rish mumkin. Agarda haydovchi onlayn rejimda o‘zi sodir etgan qoidabuzarliklar haqida ma'lumot olmoqchi bo‘lsa, SMS-xabarnomani yoqishi mumkin. Ammo u pulli bo‘ladi, sababi bu xizmat IIV tomonidan emas, balki operator tomonidan taqdim etiladi.
Mavzuga oid
10:21 / 16.07.2026
Pasport va ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarima bekor qilinishi kutilmoqda
11:01 / 14.07.2026
Yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar uchun haq to‘lamaganlarga jarima qo‘llanishi mumkin
21:36 / 12.07.2026
Bug‘doydan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborgan 172 kishiga 212,5 mln so‘m jarima solindi
10:45 / 17.06.2026