Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
85 yoshli sobiq rekordchi Everestni zabt etish vaqtida vafot etdi
Foto: AP
Nepallik 85 yoshli Min Bahodur Sherxon dunyoning eng baland nuqtasi – Everest cho‘qqisini takroran zabt etib, jahon rekordini o‘rnatmoqchi bo‘lganda vafot etdi, deb xabar berdi Associated Press axborot agentligi.
Nepal turizm vazirligining vakili Gianendra Shrestaning ma'lumotlariga ko‘ra, erkak 6 may kuni kechqurun lagerda vafot etgan, uning o‘limi sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Ta'kidlanishicha, erkak bir necha oy mashq qilgan va shu davr ichida nafas olish va qon bosimi bilan bog‘liq muammolar sezmagan. U tog‘li joyda tug‘ilib o‘sgani sababli unda tog‘li joylarda yurishda muammolar bo‘lmagan.
Sherxon 2008 yil may oyida 76 yoshida Everestni zabt etib, jahon rekordini o‘rnatgandi. Lekin 2013 yil yaponiyalik alpinist Yuitiro Miura 80 yoshida sayyoramizning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilib, uning rekordini yangilagandi.
Mavzuga oid
22:44 / 23.04.2026
Everestdagi gidlar sayyohlarni zaharlash va firibgarlikda ayblanmoqda
21:44 / 05.10.2025
Bo‘ron tufayli Everestning sharqiy yonbag‘rida mingga yaqin odam qolib ketdi
07:47 / 01.10.2025
Infografika: Quyosh tizimi cho‘qqilari oldidagi mitti Everest
23:27 / 29.09.2025