13:55 / 06.05.2017
9347

Merkel: NATO Rossiya bilan aloqani uzmasligi kerak

Foto: RBK

NATO, bir tomondan, mudofaaga tayyorligini namoyish qilishi kerak, boshqa tomondan esa, Rossiya bilan aloqani uzib qo‘ymasligi kerak. Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zining GFR hukumati saytida taqdim etilgan videopodkastida shunday bayonot bilan chiqdi. 

"O‘ylashimcha, biz ikki tomonlama yondashuvni qo‘llab, ya'ni bir tomondan, kuch-qudaratimizni namoyish qilib, boshqa tomondan esa muloqotga tayyorligimizni ko‘rsatib, to‘g‘ri yo‘l tanladik", - dedi u. 

"Men uchun Rossiya bilan munosabatlarni uzib qo‘ymaslik juda muhim edi. Shu bois biz bundan buyon Rossiya-NATO Asosiy aktiga rioya qilinishini ta'minlash va Rossiya-NATO Kengashi to‘plana olishi uchun barcha choralarni ko‘rdik", - deya ta'kidladi Merkel. 

Mavzuga oid
Top