23:22 / 07.05.2017
6079

«Nyukasl» oxirgi turda «Brayton»ni quvib o‘tib, chempionshipda chempion bo‘ldi

«Nyukasl Yunayted» Chempionshipda 2016/17 yilgi mavsum chempioni bo‘ldi. Oxirgi turda Rafael Benites shogirdlari «Barnli»ni mag‘lub etdi (3:0), boshqa bir bahsda esa «Brayton end Xouv Albion» «Aston Villa» bilan durang o‘ynadi va ko‘pchilik bo‘lib harakatlanganiga qaramasdan oxirgi daqiqalarda g‘alabani va birinchi bo‘lish imkoniyatini boy berdi (1:1).

Shu tariqa, «Nyukasl» «Brayton»ni 1 ochkoga ortda qoldirib, chempionga aylandi. Ikki jamoa ham Premer-liganing keyingi mavsumida ishtirok etadi.

Pley-offda esa APLga uchinchi yo‘llanma «Reding», «Sheffild Uensdey», «Haddersfild Taun» va «Fulhem» jamoalari o‘rtasida hal qilinadi.

Angliyaning ikkinchi ligasini «Blekbern Rovers», «Uigan Atletik» va «Roterhem Yunayted» tark etadigan bo‘ldi.

Chempionship
46-tur

Nyukasl – Barnsli 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 23 Peres, 2:0 – 59 Mbemba, 3:0 – 90 Geyl.
Nyukasl – Elliot, Xeyden (Edara, 13), Dammett, Yyedlin, Mbemba, Kolbek, Shelvi (Diame, 72), Guffran, Atsu, Peres (Geyl, 80), Mitrovich.
Barnsli – Devis, Jyekson, Makdonald, Yanko, Elder, Monkur, Djyeyms, Kent (Uilyams, 74), Skouen, Xedjyes (Uotkins, 54), Bredshou (Li, 74).
Ogohlantirishlar: Shelvi (26).

Aston Villa – Brayton 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 64, penalti Myurrey, 1:1 – 89 Grilish.
Aston Villa – Djonston, Amavi (Elfik, 65), Beyker, Chester, Bakuna, Adoma (Grilish, 61), Xurixeyn, Bri, Lensberi, Teylor, Xogan (Devis, 45).
Brayton – Stokdeyl, Tomori, Pokonoli, Saltor (Rosenor, 81), Dank, Knokert, Stivens, Siduell, Merfi (March, 61), Boldok (Xemed, 90), Myurrey.
Ogohlantirish: Pokonoli (90).
Chetlatish: Beyker (63).

Top