«Aston Villa» — «Liverpul» 3:3
Gollar: Tilemans (12), Duran (85, 88) — Martines (2, avtogol), Gakpo (23), Kvansa (48).
«Aston Villa» – Martines, Konsa, Diyego Karlos, Pau Torres, Din, Makginn, Tilemans (Zaniolo, 65; Duran, 79), Beyli, Duglas Luis (Çembers, 80), Diabi, Uotkins.
«Liverpul» – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Kuansa, Gomes, Endo (Soboslai, 76), Mak Allister, Elliott (Gravenberh, 75), Saloh, Dias (Jons, 76), Gakpo (Nunes, 75).
Ogohlantirişlar: Elliott (38), Makginn (70).

APLning 37-turi doirasidagi sönggi uçraşuv voqealarga boy b öldi. «Aston Villa» va «Liverpul» muxlislarbop öyin namoyiş etişdi, ammo durangga rozi bölişdi.

Öyindagi ğalati voqealar ilk daqiqalardan boşlandi. Ikkinçi daqiqada Elliot qanotdan uzatma berdi, 2022 yilgi jahon çempioni Emiliano Martines esa «Tottenhem» muxlislarini xuşnud qilgan holda töpni öz darvozasiga kiritib yubordi. Bu vaziyatda darvozabonni rikoşet çalğitdi, töp Pau Lopesga tegib yönalişini özgartirgani tufayli u ortga tisarilişiga töğri keldi va töpni tösdi, ammo toyib ketdi va töpni qöllaridan çiqarib yubordi.

«Aston Villa» va «Tottenhem» ayni vaqtda Çempionlar ligasiga törtinçi yöllanma uçun kuraşmoqda. Öyin arafasida Unai Emeri jamoasi törtinçi örinda turgan va «Tottenhem»ni tört oçkoga ortda qoldirayotgandi. «Aston Villa»ning ğalabasi londonliklar klubining YeÇL uçun imkoniyatlarini butunlay yöqqa çiqargan bölardi.

Birminghemliklar esa öyin startida muvaffaqiyatsizlikka uçraşdi. Muhammad Salohda farqni oşiriş imkoniyati bölgandi — misrlik hujumçining zarbasidan keyin töp himoyaçiga tegib maydon taşqarisiga çiqib ketdi. Biroz ötib Kodi Gakpo ötkir burçakdan töpni ustunga tekkizdi.

Ammo Emeri jamoasi özini qöliga oldi va köp ötmay hisobni tenglaştirdi. Yuri Tilemans kuçli zarba bilan darvozani öqqa tutdi, ammo bu golni Olli Uotkins yuzaga keltirdi. Angliyalik hujumçi dribling bilan himoyaçilarni ortda qoldirdi va jamoadoşini qulay vaziyatga çiqardi. Himoyaçilar Uotkins bilan andarmon bölib, Yurini jarima maydoni markazida yolğiz qoldirişgandi. Uotkins mavsumdagi 13-golli pasini amalga oşirdi — Yevropaning top-5 ligalaridagi eng yaxşi körsatkiç.