«Aston Villa» — «Liverpul» 2:2
Gollar: Tilemans (38), Uotkins (45+3) — Saloh (29), Aleksander-Arnold (61).
«Aston Villa» — Martines, Garsiya (Keş, 67), Disasi, Mingz, Din (Matsen, 78), Makginn (Bogard, 86), Tilemans, Asensio (Malen, 67), Rojyers, Reşford (Remzi, 67), Uotkins. 
«Liverpul» — Alisson, Aleksander-Arnold (Bredli 66, Kvansa 89), Konate, van Deyk, Roberson, Gravenberh, Mak Allister (Dias, 81), Saloh, Soboslai, Jons, Jota (Nunes, 66). 
Ogohlantiriş: Disasi (23).

«Aston Villa» va «Liverpul» ham şu kuni Çempionlar ligasi öyinlari bilan band bölişi mumkin edi, ammo ikki jamoa ham 1/8 final yöllanmasini oldindan hal etgandi va APLning 29-turidan köçirilgan uçraşuvda maydonga tuşişdi. Öyinga qiziqiş YeÇL pley-offidan kam emasdi. Yakunda esa Arne Slot jamoasi «Arsenal»dan 10 oçkoga özib ketiş imkoniyatidan foydalana olmadi.

Öyin debyutida «Aston Villa» «Liverpul»ni pressing qilişga urinib kördi, ammo Unai Emeri şogirdlarining bunday faolligi uzoqqa çözilmadi. Keyin esa mersisaydliklar mezbonlarni şunçalik kuçli bosim ostida qoldirişdiki, raqib maydonning ikkinçi yarmidan çiqa olmay qoldi. APL peşqadami qator standart vaziyatlarga ega bölib, xavfli zarbalar yölladi. Birminghemliklar mudofaa çiziğini biroz oldinroqqa çiqarişi bilan mehmonlar himoyaçilar ortiga uzatilgan paslar evaziga bir neça xavfli vaziyatlarga ega bölişdi.

Keyin esa öyin biroz tinçlandi. «Liverpul» bosimni susaytirib, «Aston Villa» futbolçilariga nafas rostlaşga imkon berdi. Birminghemliklar hujum çiziğida Reşford va Asensio birgalikda harakat qilişdi. Aynan mazkur juftlik 17-daqiqada «devor» uslubida öynab, Slot jamoasi mudofaasini yorib ötişdi va darvoza işğol etildi. Ammo mezbonlarning xursandçiligi uzoqqa çözilmadi, Reşford biroz şoşilgani va ofsaydga kirib qolgani ma’lum böldi.

«Liverpul» va «Aston Villa» yetarliça yuqori tempni uşlab turişdi, şunga qaramay dastlabki yarim soat içida APL peşqadamlarining birorta zarbasi darvoza sohasi tomon töğri bormadi, mezbonlarda esa umuman birorta zarbaning özi bölgani yöq. Bölim örtalaridan ötganida esa birminghemliklarning yana bir yangi futbolçisi Garsiya esa şunçaki raqibga gol sovğa qildi. Öng qanot himoyaçisi ortga pas berişga urinib, töpni Jotaga topşirdi, portugaliyalik hujumçi jarima maydoniga kirib bordi va töpni markazda oçilgan Salohga uzatdi, misrlik hujumçi esa APL joriy mavsumidagi 24-golini nişonladi.

Voqealarning bunday rivoji «Aston Villa» uçun heç narsa va’da qilmayotgandi, ammo jamoalar tanaffusga mezbonlar foydasiga 2:1 hisobida yöl olişdi. Birminghemlar katta kuç sarflamay ikki gol urişdi. Avvaliga – standart vaziyatdan foydalanişdi. Uzatmadan keyin töp «Liverpul» jarima maydonida uzoq qolib ketdi, Soboslai esa uni töğri Tilemansning oyoğiga taşladi.