Yoqimsiz holatlar kutilmaganda röy berişi mumkin, şu bois har qanday vaziyatda ham ularga tayyor turiş kerak, ayniqsa boşqa bir insonning hayoti sizning könikmalaringizga boğliq bölsa. Don't Panic birinçi yordam körsatiş böyiça har bir inson bilişi kerak bölgan beş asosiy tamoyili bilan bölişdi.

 

Sun'iy nafas

Sun'iy nafas har bir inson bilişi kerak bölgan elementar reanimatsion xatti-harakatlar sirasiga kiradi. Jabrlanuvçiga kislorod yetkaziş uçun şunçaki yuzma-yuz nafas olişning özi kifoya, deb öylamang. Birinçi navbatda, nafas yöllarini tekşirib, zarurat tuğilgan taqdirda, biror bir predmet, qon yoki balğam bölsa, taşqariga çiqarib taşlaş kerak. Ilk 10 havo yuborişni tezlikda bajaring, keyin esa bir daqiqada 20 nafas ritmini qöllang. Yodingizda bölsin: agar insonning kökrak qafasi kötarilayotgan bölsa, demak, barçasi töğri ketmoqda.

 

Yurak massaji

Agar jabrlanuvçining pulsi yöqligini sezsangiz, yurakni massaj qiliş kerak. Kökrak qafasining eng qisqa va tor qismini aniqlang va uning çetidan 2-3 santimetr ölçang - bu kompressiya nuqtasi böladi. Kaftning asosini şu yerga qöying, uni ikkinçi kaft bilan yoping - bosim aynan şu qismlar bilan amalga oşiriladi. Ritmik bosimlarni kuçli, vertikal yönalişda amalga oşiring. Biroz ter tökişingizga töğri keladi: çastota daqiqasiga 110 martani taşkil qilişi kerak. Puls bölsa, yurak massajiga hojat yöq.

 

Geymlix usuli

Bu usulni Amerika kinofilmlarida namoyiş qilişni yaxşi körişadi. Jabrlanuvçining orqasiga turib olasiz, uni kindik sohasining yuqori qismidan, qovurğalar ostidan uşlaysiz. Şundan söng kuç bilan uning qornini bosasiz – bu harakatni odatda bir neça marta takrorlaşga töğri keladi.