Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram'da suratlarni mobil brauzer orqali yuklash imkoni paydo bo‘ldi
instagram.com saytining mobil versiyasida suratga olish va ularni yuklash imkoni paydo bo‘ldi. Biroq foydalanuvchilar hozircha filtrlardan foydalanib, ularni kengaytirilgan tahrirdan o‘tkazish imkoniga ega emaslar - faqat suratni aylantirish va formatni tanlash mumkin. Video faqat ilova orqali yuklanadi.
Instagram mobil versiyasining tashqi ko‘rinishi o‘zgarmagan: unda xuddi shunday lentani kuzatish, xabarlarni o‘qish va foydalanuvchilar profilini ko‘zdan kechirish mumkin. Saytda "Tarixlar" va shaxsiy xabarlar bo‘limi yo‘q.
TechCrunch'da ta'kidlanishicha, kompaniya 2017 yilning martidan yangilangan veb-versiyani testdan o‘tkazmoqda. Unda "Qidiruv va qiziq" (Explore) bo‘limi paydo bo‘ldi, bu bo‘limda tavsiya qilingan do‘stlar postlari va boshqa foydalanuvchilarning mashhur suratlarini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
21:24 / 31.03.2026
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
12:55 / 12.01.2026
Antivirus kompaniyasi millionlab Instagram foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqishini qayd etdi. Instagram rad qildi
18:56 / 02.01.2026