Jahon | 13:12 / 09.05.2017
7732
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston rahbari hozirgi sharoitda g‘alabaning qiymati ortganini qayd etdi

Foto: RIA "Novosti"

Buyuk g‘alaba – turli xalqlar va millatlarning vatan va ozodlikni himoya qilish yo‘lidagi do‘stligi, birgalikdagi kurashi va vatanparvarligi natijasi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 72-yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad boshlanishidan avval tantanali mitingda ma'lum qildi.

"Buyuk g‘alaba – turli xalqlar va millatlarning Vatan va ozodlikni himoya qilish yo‘lidagi do‘stligi, birgalikdagi kurashi va vatanparvarligi natijasi. Yillar davomida, ayniqsa dunyoning turli mintaqalarida beqarorlik o‘sib borayotgan bir sharoitda uning qiymati va ahamiyati yanada oshmoqda", - dedi u.

Rahmonning ma'lum qilishicha, fashizm ustidan g‘alaba kunini nishonlash jahon hamjamiyatidan yana bir bor do‘stona aloqalar, o‘zaro harakatlar va hamkorlikni mustahkamlashni talab qilmoqda.

"Ayniqsa bugungi kundagi notinch va juda murakkab sharoitda. Barcha zamonaviy tahdidlar, xususan, ekstremizm va terrorizm, millatchilik va irqchilik, boshqa xavflarga qarshi kurash yo‘lida tinchlik, barqarorlik, do‘stlik, hamkorlikni targ‘ib etish juda muhim", - degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “dunyodagi bugungi kundagi vaziyat boshqa davrlarga nisbatan juda murakkab va chalkash bo‘lib, zamonaviy tahdidlarga faqatgina dunyo xalqlari yaxshi niyati va qo‘shma sa'y-harakatlari yordamida kurashish mumkin”.

Mavzuga oid