Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistonga yana 5 ming harbiyni yuboradi. Bundan aslida kim yutadi?
AQSh Afg‘onistonga qo‘shimcha harbiy kontingent yuboradi. Bu haqda «Izvestiya» Amerika, Afg‘oniston va Rossiya diplomatik doiralardagi yuqori mansabli manbalarga asosan xabar berdi. Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ham Shtatlar bu mamlakatga harbiylar yuborishni rejalashtirganini tasdiqlagan. Diplomat ma'lumotiga ko‘ra, gap taxminan 5 ming kishi haqida bormoqda.
Afg‘onistonda qariyb 9 ming amerikalik harbiy xizmatchi, shuningdek, NATO davlatlaridan bo‘lgan kichik miqdordagi askarlar bor. Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda yaqin oylar ichida Afg‘onistonga yuboriladigan harbiy xizmatchilar sonini muhokama qilish jarayoni ketmoqda.
— Afg‘onistondagi vaziyat juda murakkab. “Tolibon” harakati, IShID va boshqa guruhlar o‘z faolligini oshirdi. Bahorgi hujum haqida e'lon qilindi. Amerika kontingenti qo‘mondonligi kuchlarni mustahkamlash haqida ma'lum qildi. Oq uy va kongress amerikalik harbiylar fikriga qo‘shildi. Afg‘onistonga yuboriladigan harbiy xizmatchilar soni muhokama qilinmoqda. Ular taxminan 5 mingga yaqin askar bo‘lishi mumkin, — deya aytib o‘tgan vaziyatdan boxabar manba.
Moskva kontingentni oshirish maqsadga muvofiq, deb hisoblamaydi. AQShning Afg‘onistondagi harbiy kontingentini «vaziyatni hal eta olmayotgan generallar iltimosiga ko‘ra oshirish» mamlakatni barqarorlashtirishda yordam bermaydi. Bu haqda Zamir Kabulov aytib o‘tgan.
— Shuni eslatib o‘tmoqchimanki, yaqinda Afg‘onistonda AQShning 100 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi bor edi. G‘arb koalitsiyasining hattoki shuncha sondagi askarlari ham nimanidir qila olishga qodir bo‘lib chiqmadi. Bir necha ming kishilik qo‘shimcha kuchlar nima qilib beradi? — degan Kabulov.
Avvalroq AQSh kontingentini oshirish haqidagi tashabbus Amerika parlamentida ilgari surildi. Senatdagi eshituvlarda Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlari qo‘mondoni general Jon Nikolson bu haqda aytib o‘tdi. Harbiyning ta'kidlashicha, afg‘on xavfsizlik kuchlari “Tolibon” va IShIDga qarshi yetarli darajada kurasha olmayapti.
AQShda ma'muriyat almashganidan so‘ng amerikalik harbiylar ovozi baralla eshitila boshlandi. Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqishga har doim qarshi bo‘lgan generallar, kontingentni mustahkamlash lozimligi haqida bong ura boshladi. Yangi mudofaa vaziri Jyeyms Mattis ham bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamoqda.
Rossiya Federatsiyalar kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarovning aytishicha, Afg‘onistonda AQSh harbiy kontingentini oshirish vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ko‘rsatadi.
— AQSh qanday bo‘lmasin vaziyatdan chiqishga urinmoqda. Shtatlarda Afg‘onistonda harbiylar yetishmayotganini his etishmoqda, ular fikricha, kontingentni oshirish mantiqan to‘g‘ri, — degan senator.
Harbiy kontingentni oshirishda rasmiy Kobulning roziligi talab etilmasa ham, Afg‘onistondagi ko‘pchilik AQShning mamlakatdagi kuchi oshishiga ijobiy qarashayotgani yo‘q. Avvalroq mamlakat sobiq prezidenti Hamid Karzay ham bu haqda aytib o‘tgandi.
— Afg‘onistonga o‘z hududida hech kimning qo‘shini kerak emas. Umid qilamizki, AQSh yangi prezidentining Afg‘onistonga nisbatan siyosati o‘zgaradi. U Rossiya bilan afg‘on yo‘nalishida va ekstremizm hamda terrorizm masalasida haqiqatdan ham hamkorlik qilishni boshlashi juda muhim, — deya ta'kidlab o‘tgan Hamid Xamid Karzay.
Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi vaqtda juda murakkablashdi. Radikal guruhlar hujumga o‘tishgani haqida e'lon qilishdi va Kobul hamda xorijiy qo‘shinlarga qarshi qo‘poruvchilik faoliyatini faollashtirishdi. AQSh kontingentini oshirish – kutilgan qadam edi, biroq, u qon to‘kilishining oldini olishda qo‘l kelarmikan? Vashington qo‘shimcha kuchlar yuborib, yirik shaharlar va poytaxt afg‘on hukumati nazorati ostida bo‘lishini saqlab qolmoqchi. Shu bilan birga, Afg‘onistonga mojaroda ishtirok etayotgan barcha tomonlar va mintaqa davlatlari vakillari ishtirokida muzokaralar olib borish juda kerak bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026