BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistondagi vaziyat haqida
Bugun, 10 may kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Toshkent xalqaro aeroportida mehmonlarni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va BMTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Stefan Prisner janoblari kutib olishdi.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (IHOKB) delegatsiyasining 2017 yil 10-12 may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bilan IHOKB o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda kelgusidagi aloqalar va hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash masalalari muhokama etiladi.
BMT Radiosi xabar berishicha, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Zayd Raad al-Husayn, inson huquqlari bo‘yicha dunyodagi vaziyat haqida ma'ruzani taqdim etar ekan, O‘zbekistonning muvaffaqiyatlarini alohida ta'kidlab o‘tgan. Uning fikricha, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev sud-huquq tizimini samaradorligini oshirishga hamda adolatli va mustaqil sud jarayonlarini tashkil etishni ta'minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilyapti.
“U 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qonun ustivorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish belgilab qo‘yilganligiga yuqori baho berdi”, deb xabar beradi “Jaxon” AA.
Zayd Raad al-Husayn O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inson manfaatlarini ta'minlash bilan bog‘liq bo‘lgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Oliy komissarning fikricha, ushbu tashabbuslar yuqori xalqaro andozalar talablariga javob beradi va mamlakatni o‘zining hamkorlari bilan ustuvor maqsadlardan biri bo‘lgan xalqning farovonligini oshirish yo‘lida muloqot uchun ochiqligidan dalolat beradi. U O‘zbekistonga Harakatlar strategiyasining tegishli qismlarini hayotga tatbiq etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Oliy komissar O‘zbekistonning BMT huquqni himoya qilish tuzilmalari bilan hamkorligi haqida ijobiy fikr bildirdi.
Zayd Raad al-Husaynning O‘zbekistonga tashrifi tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlanishiga olib keladi va inson huquqlarini himoya qilish sohasida o‘zaro aloqalarining istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun sharoit yaratadi.
Mavzuga oid
14:50 / 01.11.2024
BMT: 2023 yilda parnik gazlar konsentratsiyasi yangi rekord darajaga yetdi
08:56 / 01.11.2024
BMT bosh kotibi Isroilning UNRWA ishini taqiqlash qaroridan chuqur xavotirda
10:30 / 29.10.2024
BMT bosh kotibi: G‘azo shimolidagi aholi chidab bo‘lmas ahvolda
15:30 / 26.10.2024