Özbekistonning ayrim tumanlari Janubiy Kavkaz mamlakatlari bilan bir qatorda juda yuqori seysmik xavfli hududlarga kiradi. Bu haqda BMT tomonidan e’lon qilingan maqolada aytiladi.
Qayd etilişiça, zilzilalar barça tabiiy ofatlar içida eng köp ölimga sabab bölib qolmoqda. 2000 yildan 2023 yilgaça tabiiy ofatlar bilan boğliq barça ölimlarning yarmidan köpi aynan zilzilalar hissasiga töğri keldi. Yevropa mintaqasida millionlab odamlar kuçli yer silkinişlariga bardoş bera olmaydigan binolarda yaşaydi va tibbiy yordam oladi.
Maqolada ta’kidlanişi, ayniqsa, Turkiyaning Istanbul şahri katta xavotir uyğotmoqda. Aholisi 15 milliondan ortiq bölgan bu şahar dunyodagi eng faol yoriqlaridan biri – Şimoliy Anadolu yoriği yaqinida joylaşgan. 2025 yilda e’lon qilingan tadqiqotga köra, Marmar dengizi ostida taxminan yetti magnitudali zilzila keltirib çiqarişga qodir yoriq qismi ötgan. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, yaqin ön yilliklarda Istanbul hududida bunday hodisaning yuz beriş ehtimoli 40-60 foizni taşkil etadi.
Biroq xavfli hudud faqat Turkiya bilangina çeklanib qolmaydi. Yevropa mintaqasida dunyoning ikkita eng yirik seysmik belboği joylaşgan. Qirğiziston va Tojikistonning deyarli butun hududi, şuningdek, Qozoğiston, Turkmaniston va Özbekistonning ayrim tumanlari Janubiy Kavkaz mamlakatlari bilan bir qatorda juda yuqori seysmik xavfli zonalarga kiradi. Ayniqsa, bir vaqtning özida uç davlat – Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston hududida joylaşgan va qariyb 11 million kişi istiqomat qiladigan Farğona vodiysi «öta zaif» hisoblanadi.
2023 yili Turkiya va Suriyadagi vayronkor zilzilalar tajribasi falokatdan keyin şifoxonalarning öz faoliyatini davom ettirişi naqadar muhim ekanini körsatdi. Agar tabiiy ofat zarbasidan keyingi ilk daqiqalardayoq tibbiyot muassasalari işdan çiqsa, minglab jabrlanganlar hayotiy zarur yordamsiz qolişi mumkin, deb hisoblamoqda BMT.
JSST ekspertlari tayyorgarlik köriş oqibatlarni bartaraf etişdan köra ança arzon tuşişini ta’kidlamoqda. BMT hisob-kitoblariga köra, seysmik mustahkamlik talablarini hisobga olgan holda yangi şifoxona quriş loyiha qiymatini tört foizdan kamroqqa oşiradi, mavjud binolarni modernizatsiya qiliş esa ularning qiymatining taxminan bir foiziga tuşişi mumkin. Bu esa zilziladan keyin ularning faoliyatini davom ettiriş imkoniyatini sezilarli darajada oşiradi.
Mutaxassislar tibbiy infratuzilmani mustahkamlaş bilan birga, şoşilinç tibbiy yordam brigadalarini doimiy şay holatda saqlaşni, muntazam öquv maşğulotlari ötkazişni, xalqaro hamkorlikni takomillaştirişni hamda aholining eng zaif qatlamlari – keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va majburiy köçirilganlarni himoya qilişga alohida e’tibor qaratişni tavsiya etadi.








