Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Oliy sud raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zoyid Raad al-Husayn Oliy sud raisi Sh. Gaziyev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, shu kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M. Ikromov, ichki ishlar vaziri A. Azizov va bosh prokurori I. Abdullayev bilan uchrashdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va ayni yo‘nalishda istiqboldagi masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekistonda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilganini qayd etib o‘tishdi.

Muzokaralarda, shuningdek, tomonlar inson huquq va erkinliklari himoya qilish borasida xalqaro tajribani o‘rgangan holda milliy qonun hujjatlarining roli, O‘zbekiston qonunchilik tizimiga xalqaro tamoyillarning joriy etilish holati, kelgusida qonunchilik va normativ-huquqiy baza, shuningdek, sud mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalariga e'tibor qaratishdi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi direktori A. Saidov va O‘zbekiston Respublikasining Jyeneva shahridagi BMT Bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi U. Lapasov ishtirok etdi.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026