Hindiston Pokiston ustidan BMT Xalqaro sudiga shikoyat qildi
Hindiston BMTning Xalqaro sudiga murojaat qildi. Mamlakat Pokiston harbiy sudi tomonidan josuslikda aybdor deb topilgan hind sobiq harbiysining qatl etilishini oldini olmoqchi.
Sud matbuot-relizida aytilishicha, Hindiston dushanba, 8 may kuni Pokistonga qarshi murojaat bilan chiqqan, hamda qo‘shni davlatni 10 aprel kuni josuslikda aybdor deb topilib o‘lim jazosiga mahkum etilgan iste'fodagi hind harbiysi Kulbushan Sudxir Yadav ishida “konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini qo‘pol buzishda” aybladi. Hindiston o‘lim jazosini darhol bekor qilishni talab qilmoqda, suddan Pokistonga bu borada ta'sir ko‘rsatishni so‘ramoqda. Agarda bu imkonsiz bo‘lsa, Hindiston Pokiston sudi qarorini “xalqaro huquqni buzuvchi sifatida noqonuniy” deya e'lon qilishni va Yadavni darhol ozod etilishiga ko‘mak ko‘rsatishni so‘ragan.
Xalqaro sud xabarida Hindistonda murojaati tufayli qabul qilingan choralar haqida hech narsa deyilmagan, biroq hind matbuotining xabar berishicha, sud raisi Ronni Abraxam Pokiston bosh vaziriga “sudga uning hind murojaati bo‘yicha qabul qiladigan istalgan qarorini amalga oshirish imkonini beradigan tarzda harakat qilish” bo‘yicha farmoyish yuborgan, bu esa, hind tomoni ma'lumotlariga ko‘ra, o‘lim jazosi bekor qilinishini anglatadi.
Pokiston armiyasi 10 aprel kuni harbiy tribunal iste'fodagi hind harbiysi Kulbushan Sudxir Yadavni josuslikda ayblab o‘lim jazosiga mahkum etgani haqida xabar berdi. Islomobodning ma'lum qilishicha, Yadav Hindiston tashqi razvedkasiga ishlagan, Nyu-Dehli esa Yadav harbiy-dengiz kuchlari safidan ketgach Hindiston hukumatiga hech qanday aloqasi bo‘lmaganini iddao qilgan.
Pokiston TIVda aniqlik kiritilishicha, Yadavda hukm e'lon qilinganidan 60 kuni o‘tib uni appelatsiyaga berish imkoni bor, shundan so‘ng ham unda Pokiston prezidenti va armiya qo‘mondonidan afv etishni so‘rash imkoniyati qoladi.
Mavzuga oid
09:40
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
17:51 / 01.11.2024
“Hindiston va pokistonliklarga nisbatan ksenofobiya kuzatilgan”. Qirg‘izistonda xorijlik talabalar xush ko‘rilmayaptimi?
17:36 / 01.11.2024
Pokiston prezidenti samolyotdan tushishda yiqilib, oyog‘i sindi
14:50 / 01.11.2024