Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik deputatlar O‘zbekiston bilan o‘tkazish punktlari haqidagi aktni ko‘rib chiqadi
Bugun Qozog‘iston Parlamenti Majlisining yalpi yig‘ilishida deputatlar ratifikatsiya akti – O‘zbekiston bilan Qozog‘istonning qozoq-o‘zbek davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari haqidagi hukumatlararo Bitimga tuzatishlarni ko‘rib chiqishadi. Bu haqda 1news.uz xabar berdi.
Avvalroq, O‘zbekiston va Qozog‘iston 15 maydan M-39 trassasi bo‘ylab avtomobil qatnovini qayta tiklashi xabar qilingandi. Bu Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi masofani yanada qisqartirish imkonini beradi. Davlat rahbarining 26 apreldagi qaroriga muvofiq, 15 maydan o‘zbek-qozoq davlat chegarasidagi “Oq oltin” va “Malik” avtoyo‘l o‘tkazish punktlari ish boshlaydi. Qarorda aytilishicha, bu o‘tkazish punktlari faqatgina yengil avtotransport uchun ochiq bo‘ladi. Bu punktlar orqali tijoriy yuklarni olib o‘tish taqiqlangan.
O‘zbekiston fuqarolari yengillashtirilgan tartibda – chegara belgilarini qayd etmagan holda o‘tkaziladi. Shu bilan birga, shaxsni tasdiqlovchi, davlat chegarasini kesib o‘tishga huquq beruvchi hujjatlar majburiy tartibda tekshiriladi. Ikki o‘tkazish punktida bojxona nazorati ham yengillashtirilgan tartibda, bojxona deklaratsiyalarini to‘ldirmagan holda, transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona tekshirish orqali, biroq ularni majburiy ravishda vizual tekshiruvdan o‘tkazilgan holda bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, M-39 avtoyo‘li 2006 yilda yopilgandi, hamda shu orqali mahalliy aholining, xususan Toshkent va Samarqand o‘rtasida harakatlanishi qiyinlashgandi. Toshkent aholisi yo‘l ochilgach Samarqandga Jizzax orqali aylanma yo‘lga kirmagan holda borishlari mumkin bo‘ladi va masofa 89 km.dan 24,5 km.ga qisqaradi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026