Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalar kommunal xizmatlar uchun undirilgan qarzdan rag‘batlantiriladi
Ayni vaqtda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar agar prognoz qilingan tushum 100 foizga to‘plansa, yig‘ilgan mablag‘dan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 10 foizini ajratadi.
Biroq endi mablag‘ yig‘uvchilarda ishlash uchun yangi rag‘bat paydo bo‘ladi. O‘zbekiston Moliya vazirligining 4 may kunidagi buyrug‘iga asosan "Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta'minlagani uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, agar reja 100 foiz bajarilsa mahalla avvalgidek umumiy summadan 10 foiz oladi, biroq agar reja 75 foizdan oshsa, rag‘bat summasi umumiy to‘lovlar summasidan 5 foizgachani tashkil qiladi.
Bundan tashqari, elektr energiya uchun to‘lovlar 100 foiz yig‘ilganda mahallalar topshiriq-ro‘yxatlarda sanab o‘tilgan odamlardan undirilgan muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzi summasidan 2 foizgachasini oladilar. Ro‘yxatlarni tuman yoki shahar elektr ta'minoti korxonalari taqdim qiladi.
Rag‘batlantirishning yangi tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamida chop etilgandan 3 oy o‘tib, ya'ni 10 avgustdan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
09:31 / 03.03.2026
Havo monitoringi va tozalash uskunalari o‘rnatgan korxonalar rag‘batlantiriladi
14:46 / 10.02.2026