Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Inson huquqlari va o‘zaro hamkorlik» mavzuidagi Fuqarolik forumi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 10 may kuni Taraqqiyot strategiyasi markazida «Inson huquqlari va o‘zaro hamkorlik» mavzusidagi O‘zbekiston Fuqarolik forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad Al-Husayn rahbarligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi doirasida tashkil etildi. Forumda 50 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilot va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qatnashdi.
Forumni o‘tkazishdan maqsad - insonning oliy qadriyatlari - uning hayoti, erkinligi, g‘ururi va boshqa huquqlari himoyasi bo‘yicha o‘zaro fikr almashish hamda bu borada yangi takliflarni ishlab chiqish bo‘ldi.
Forumda O‘zbekiston Ekologik harakati, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi, O‘zbekiston ishbilarmon ayollarining "Tadbirkor ayol" assotsiatsiyasi, "Istiqbolli avlod" ijtimoiy-axborot markazi, Demokratiya va inson huquqlari instituti, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Fuqarolik forumi Elektron OAV Milliy Assotsiatsiyasining qo‘llab-quvvatlashi ostida tashkil etildi.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026