Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda velosport bo‘yicha Osiyo chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Al Shafarning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.
Bugun, 11 may kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ)da Osama Ahmad Al Shafar va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva, O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi mas'ullari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan sportni keng miqyosda rivojlantirish, shuningdek, velosiped sportini yanada rivojlantirish borasida ko‘plab ishlar olib borilayotgani aytib o‘tildi. Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi konferensiyasining qaroriga muvofiq, federatsiyaning avvalgi rahbariyati o‘zgartirildi. Hozirda Federatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, Osiyo va jahon miqyosidagi aloqalar tiklash yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi.
Kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) velosportchilari hamda O‘zbekiston velosipedchilar o‘rtasida ikki tomonlama o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish, O‘zbekiston velosipedchilar terma jamoasining natijadorligini oshirish maqsadida BAAda malaka oshirish, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rildi. Bundan tashqari uchrashuv davomida O‘zbekistonda va BAAda mashg‘ulotlar o‘tkazish yuzasidan bir qator takliflar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasida mintaqaviy veloklub ochish, mintaqaviy veloklubning moddiy-texnik bazasini shakllantirishda Osiyo velosiped konfederatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida 2019 yilda velosport bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazish yuzasidan Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Ahmad Al Shafar tomonidan taklif kiritildi. Bu taklif iliq qabul qilinib, o‘rnatilgan tartib va belgilangan me'yorlar asosida o‘tkazish kerakligini ta'kidlab o‘tildi.
Tashrif davomida velosportga oid bir qator hujjatlar imzolandi.
Velosport bo‘yicha terma jamoa uchun o‘rinbosar sportchilar saralab olinmoqda
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026