Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB o‘z veb-sahifasiga ega bo‘ldi
Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi to‘laqonli rasmiy veb-sahifasiga ega bo‘ldi. Endilikda, www.guvd.uz sayti orqali shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi faoliyati bilan kechayu-kunduz tanishib borish mumkin. IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida shu haqda ma'lum qilindi.

Shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, sinov tariqasida ish boshlagan mazkur saytda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi sohaviy tizimlari tomonidan olib borilayotgan tadbirlar yoritib boriladi va barcha masalalar yuzasidan murojaat qilinishi mumkin.
Sayt o‘zbek va rus tillarida yuritiladi. Unda yangiliklar, Bosh boshqarma rahbariyati va ularning fuqarolarni qabul qilish kunlari haqida ma'lumotlarni bilib olish mumkin. Bundan tashqari, onlayn murojaat qilish va murojaat ko‘rib chiqilishi qaysi bosqichda ekanini bilib olish imkoni mavjud.
«Savol va javoblar», «Profilaktika kuni» nomli bo‘limlari ma'lumotlar bilan to‘ldirilmoqda.
Mavzuga oid
13:36
Eng ko‘p sarf Samarqand va Toshkentda: ta’mir xizmatlari statistikasi
09:38
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
18:16 / 27.02.2026
10-sinf o‘quvchisi Toshkentdagi poyga vaqtida BMW’da urib ketgan YPX xodimi vafot etdi
10:35 / 27.02.2026