Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 yoshli suriyalik qiz Turkiya fuqaroligini oldi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 7 yoshli suriyalik Bana al-Abad va uning oilasi a'zolariga Turkiya fuqarosi guvohnomasini topshirdi.
Qamalda qolgan Halabdan ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining kundaligini olib borgani bilan tanilgan Bana Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga maktub bilan murojaat qildi.
%252Fy1asdzz1.jpg)
Bana maktubida rasmiy Londondan suriyalik bolalar haqida unutmaslikni va Suriya xalqiga oziq-ovqat va dori-darmon bilan ko‘mak ko‘rsatishni so‘ragan.
%252Fy1asdzz2.jpg)
Qiz ushbu maktubini tvitterdagi mikroblogida onasi yordamida joylashtirgan.
%252Fy1asdzz3.jpg)
Qiz ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan onasi bilan Halabning sharqidagi Katirji dahasida yashagan. U shu yerda tvitterda o‘z blogini yurita boshlagan (200 ming obunachi) va dunyo hamjamiyatini shaharda qon to‘kilishini to‘xtatishga chaqirgan.
Qizning onasi Fotima ham ijtimoiy tarmoq orqali Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘luni Halab aholisiga yordam berishgan chaqirgan. Chovusho‘g‘lu bunga javoban Turkiya imkoni bor barcha ishni amalga oshirishga va'da bergan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026