Jamiyat | 08:02 / 12.05.2017
5709
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada Olimpiya ramzi tushirilgan tanga 5 yil ichida 100 barobarga qimmatlashdi

Foto: news.coinupdate.com

Olimpiya ramzi tasvirlangan Braziliyaning bir reallik tangasi 5 yil ichida kamida 100 marotabaga qimmatlashdi. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda

Gap Rio-de-Janeyroga Olimpiada bayrog‘ining topshirilishi marosimiga bag‘ishlangan tanga haqida ketmoqda. Bayroq topshirilishi tantanali marosimi 2012 yil Londonda bo‘lib o‘tgan va shu yili ushbu xotira tangasi muomalaga chiqarilgan. Tanganing old tomonida Olimpiada halqalari va bayrog‘i, 2016 yilgi Olimpiada emblemasi, mamlakat nomi ko‘rsatilgan. Tangani chetini o‘rab turgan sariq metalldan tayyorlangan halqada portugal tilida "Olimpiya bayrog‘i topshirilishi" va "London-2012 - Rio-de-Janeyro-2016" yozuvi tushirilgan.

Tanganing orqa tomoni esa bir real (0,32 dollar) qiymatdagi oddiy tanganiki kabi. Ushbu tangalardan 2 mln donadan ko‘proq chiqarilgan. Rio-de-Janeyro markazidagi maxsus do‘konlarda bunday tanga 100 realdan (32 dollar) taklif qilinmoqda, internetda uni yana ham qimmatroqqa sotish mumkin: kolleksionerlar u uchun 160 realdan (50 dollar) ko‘proq haq berishmoqda.

"2012 yilda bu tangaga hech kim e'tibor bermagan. Keyin esa hamma bayroq tushirilgan tanga boshqa xotira pullaridan kamroq chiqarilganini anglagan va u noyob tangaga aylangan", deb aytmoqda do‘konlardan birining egasi.

Rio-de-Janeyrodagi XXXI yozgi Olimpiada 2016 yilning 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan. Ushbu o‘yinlar Janubiy Amerikada o‘tkazilgan ilk Olimpiya o‘yinlari bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid