20:20 / 12.05.2017
3593

Chernogoriyaning NATOga kirishi bayonnomasi alyansning barcha davlatlari tomondan imzolandi

Foto: vistanews.ru

Chernogoriya hukumati tvitterdagi akkauntida NATOga a'zo barcha 28 ta davlat Chernogoriyaning NATOga kirishi haqidagi bayonnomani imzolaganini ma'lum qildi. 

"NATOga kirish haqidagi bayonnoma imzolandi! Ittifoqdoshlar va hamkorlarga rahmat!", deb aytilgan xabarda.

Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovichning aytishicha, alyansga kirish mamlakat va butun Bolqonga barqarorlik va iqtisodiy naf keltiradi.

"Ishonamanki, jiddiy sarmoyachilar, avvalambor G‘arbdan, Chernogoriya NATOning bir qismi ekanligini munosib baholaydilar. Bu davlat uchun tinchlik va barqarorlik kafolatidir, demakki, investitsiyalar uchun ham kafolat hisoblanadi", deb aytgan Markovich.

Uning aytishicha, 2017 yilning dastlabki 2 oyida mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning netto-oqimi 64,6 mln dollarni tashkil qilgan, bu esa o‘tgan yilning shu davridagidan ancha ko‘proqdir. 1 may kuni Chernogoriya mudofaa vazirligi mamlakatning NATO byudjyetiga har yillik badali 450 ming yevroni yoki alyansning yillik byudjyetidan 0, 027 foizni tashkil qilishini ma'lum qilgan.     

Aholisi 620 ming kishilik Chernogoriya sobiq Yugoslaviya respublikalaridan eng kichigi hisoblanadi. 

Mavzuga oid
Top