Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlarida mahbuslarning yagona ma'lumotlar bazasi paydo bo‘ladi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi jazoni ijro etish xizmatlari hamdo‘stlikka a'zo davlatlar hududida sodir etgan og‘ir jinoyatlari uchun sudlanganlar, shuningdek, terrorchilar va ekstremistlarni ta'qib qilishda yordam beradigan umumiy ma'lumotlar bazasini yaratishmoqchi, deb xabar beradi «Rossiyskaya gazeta».
Bu qaror Minskda o‘tkazilgan MDHga a'zo davlatlarning penitentsiar xizmatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida qabul qilingan. «Rossiyskaya gazeta» nashriga yig‘ilish ishtirokchilaridan biri, Rossiya jazoni ijro etish federal xizmati direktori o‘rinbosari Valeriy Maksimenkoning ma'lum qilishicha, bunday baza yarim yil ichida yaratilishi mumkin.
«Terrorchilar, ekstremistlar va og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlar haqidagi umumiy axborot bazasini yaratish — Kengashning muhim loyihalaridan biri, — dedi Valeriy Maksimenko. — bunday insonlarda ozodlikka chiqqanidan so‘ng mamlakatlarimiz chegarasini qaydsiz va nazoratsiz, erkin kesib o‘tish, o‘zining jinoiy faolyaitini davom ettirish imkoniyati bo‘lmasligi kerak».
Avvalroq MDHga a'zo davlatlarning qamoqxonalar xizmati vakillari umumiy ma'lumotlar bazasiga nafaqat sudlanganlar ism-familiyasi va barmoq izlarini, balki DNK namunasi yoki masalan, jinoyatchini ko‘ziga qarab aniqlash imkonini beradigan qandaydir biometrik axborotni qo‘shishni taklif etishgan edi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
09:47 / 09.03.2026
Xabarovskdagi 75 nafar o‘zbekistonlik mahbus bilan suhbat o‘tkazildi
18:10 / 24.02.2026