Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rimda ishga tushirilgan portlovchi qurilmada taymer bo‘lgan
Rimdagi pochta bo‘linmalaridan biri yaqinida ishga tushirilgan portlovchi qurilma taymerga ega bo‘lgan hamda professional tomonidan tayyorlangan. Bu haqda jurnalistlarga politsiya vakili xabar berdi.
Portlash juma kuni ertalab Italiya poytaxti markazidagi Aventino ko‘chasida yuz berdi. Pochta bo‘linmasi yonidagi avtoturargohda qoldirilgan ikkita avtomashina o‘rtasida joylangan portlovchi qurilma ishga tushirilgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Rim prokuraturasi surishtiruv boshladi, dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu mahalliy anarxistlarning norozilik aksiyasi bo‘lishi mumkin.
"Yig‘ilgan dalillarga ko‘ra, bir portlovchi qurilmadan yonuvchi suyuqlik piltasi yordamida ikkita portlash emas, balki ikkita baland tovush keltirib chiqarilgan. Mexanizmda taymer bo‘lgan, biroq radioboshqaruv bo‘lmagan", - deya ma'lum qildi politsiya vakili Massimo Improta.
Uning ta'kidlashicha, qurilma bu sohadan yaxshi xabari bor shaxslar tomonidan tayyorlangan.
Improtaning so‘zlariga qaraganda, ro‘y bergan hodisa “namoyishkorona aksiya” bo‘lgan hamda uning tashkilotchilari jabrlanganlar yoki qurbonlar bo‘lishini o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishmagan. Hodisa uchun mas'uliyatni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmadi.