Jahon | 19:08 / 12.05.2017
7223
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada millionerlar soni kamaydi

Foto: Vesti

2016 yilda Ukrainada millionerlar soni to‘rtdan bir qismga kamaydi. Bu haqda mamlakat soliq xizmati juma kuni xabar berdi.

"O‘tgan yilda 3,504 ming kishi 1 million griven (37,8 ming dollar)dan ko‘proq bo‘lgan daromadni deklaratsiyadan o‘tkazdi. 2015 yil bilan taqqoslaganda millionerlar soni 25 foizga yoki 1,18 ming kishiga kamaygan", - deya xabar qilindi idora saytida.

Shu bilan birga, millionerlar soni kamaygan bo‘lsa-da, ularning daromadi umumiy summasi o‘tgan yil bilan solishtirganda 13 foizga o‘sdi, yoki 3,2 milliard grivenga (120 million dollardan ko‘proq).

Kiyevda daromadi million grivendan ko‘p ekani haqida ma'lumotnoma to‘ldirgan fuqarolar soni 1,686 mingni tashkil etgan. Xarkov viloyatida 287 nafar millioner bo‘lsa, Dnepropetrovsk va Odessa viloyatlarida mos ravishda 216 hamda 211 nafarga teng bo‘ldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid