Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti 4 yirik davlatga maxsus elchilarini yuboradi
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Mun Chje In Rossiya, AQSh, Xitoy va Yaponiyaga o‘zining maxsus vakillarini yuboradi. Bu haqda Yonxap axborot agentligi xabar qilmoqda.
Ayni vaqtda ushbu lavozimlarga Demokratik partiyadan saylangan parlament a'zolari tayinlangan.
Xabarlarga ko‘ra, Rossiyaga deputat Son Yongil keladi. U 2013 yilda RFga prezident Vladimir Putin taklifiga binoan tashrif buyurgan. O‘shanda u Janubiy Koreya mintaqalari delegatsiyasiga rahbarlik qilgan.
Pekinga esa yana bir deputat Pak Bensok borishi ehtimol. U KXDR atrofidagi vaziyat va AQSh RQM tizimlarining Janubiy Koreyada o‘rnatilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu masalalarni muhokama qilish uchun Seul yana bir guruhni Xitoyga yuborishga tayyor.
Agentlik xabariga ko‘ra, AQShga Koreya parlamentining yana bir a'zosi Xon Sokxen yuborilishi mumkin. U prezident No Mu Xen davrida Koreyaning AQShdagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Deputat Mun Xison muzokaralar o‘tkazish uchun Tokioga yo‘l oladi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026