Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya OAV: Yirik xakerlik hujumlari Rossiya hukumati bilan bog‘liq
Britaniyaning The Telegraph nashri ma'lum qilishicha, kuni kecha yuz bergan keng ko‘lamli xakerlik hujumlari Rossiya hukumati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Nashrning ta'kidlashicha, hodisaga Shadow Brokers guruhining AQSh prezidenti Donald Trampga yaqinda qilgan ogohlantirishlari ham aloqador bo‘lishi ehtimoli mavjud. Bu holat Tramp Suriyadagi raketa zarbalarini ma'qullaganidan so‘ng yuz berdi.
«Taxminlarga ko‘ra, bu Shadow Brokers’ning Rossiya hukumatiga aloqasi borligini ko‘rsatadi», - deya xabar qilgan gazeta.
Avvalroq butun dunyo bo‘ylab turli tashkilotlar serverlariga hujum qilgan xakerlar AQSh Milliy xavfsizlik agentligining modifikatsiyalangan dasturidan foydalangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026