Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Emmanuel Makron rasman Fransiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Fransiya prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida saylangan Emmanuel Makron rasman o‘z lavozimiga kirishdi.
Fransua Ollandning Makronga hukumatni topshirish marosimi yakshanba kuni ertalab Yelisey saroyida bo‘lib o‘tdi. Rejadan ikki karra uzoqroq vaqt davom etgan muzokaralardan so‘ng Olland davlat rahbari qarorgohini tark etdi.
Qarorgohning yangi sohibi tantanali marosimlarda qatnashish uchun qoldi. Fransiya Konstitutsion kengashi rahbari Loran Fabius 7 may kuni ovoz berish jarayonining yakuniy natijalarini e'lon qilganidan so‘ng Makron rasman mamlakat prezidenti bo‘ldi.
Yelisey saroyidagi inauguratsiya marosimida yangi saylangan prezident o‘zining saylov oldi majburiyatlarining birortasidan chekinmasligini ta'kidladi.
"Biz tariximizdagi eng yaxshi sahifalarni bitish uchun birlashishimiz kerak. Dunyo har qachongidan ko‘proq Fransiyaga muhtoj. Menga har biringizning qo‘llab-quvvatlashingiz kerak bo‘ladi", - deydi Makron.
"Biz fransuzlarga o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarishimiz kerak", - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026