Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Moskvadagi reysli avtobuslar uchun haydovchilar tanlab olinmoqda
O‘zbekiston mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan e'lon qilingan xabarga ko‘ra, Moskvada ishlash uchun haydovchilar tanlab olinmoqda.
Agentlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilinishicha, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida Rossiya poytaxtida Moskva shahrida qatnaydigan reysli avtobuslarni boshqarish uchun «Mosgortrans» kompaniyasi tomonidan ming nafar O‘zbekiston fuqarolari tanlab olinmoqda.
Tanlov shartlariga ko‘ra, «D» toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega haydovchilar o‘z omadlarini sinab ko‘rishlari mumkin. «Ishlash uchun nomzodlar rus tilini yaxshi bilishi, diqqat-eʼtiborli, mulkka nisbatan ehtiyotkor munosabatda bo‘lishi lozim», — deya ta'kidlanadi saytda.
Shartnomaga ko‘ra uch oylik sinov muddati taqdim etiladi, oylik maosh esa 43 ming rubldan 60 ming rublgacha miqdorni tashkil etadi.
Ish ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 04:00 dan 14:00 gacha (ikki kun ish ikki kun dam olish), ikkinchi smena 14:00 dan 02:00 (dam olish kunlari shanba, yakshanba)
Sotsial paket — turar joyga va benzinga pul to‘lash, ish joyiga tashishni qamrab oladi.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
- yoshi — 18–50 yosh;
- asosiy ma'lumoti — o‘rta;
- qo‘shimcha ma'lumotlari — avtomaktab, Rossiyaning “D” toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
- aholi zich joylarda mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasi 1 yildan kam bo‘lmasligi.
Qo‘shimcha talablar: mehnat daftarchasining mutaxassislik bo‘yicha ishlaganligi haqidagi axborotlarining notarius tomonidan tasdiqlangan tarjimasi, narkotik moddalar iste'moli uchun sudlanmagan/ma'muriy jazolanmaganligi haqidagi ma'lumotnoma, yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun to‘lanmagan jarimalar yo‘qligi haqidagi ma'lumotnoma.
Bu yo‘nalish bo‘yicha qiziqish bildirganlar (0371) 214-51-87 yoki 214-47-29 telefon raqamlariga, shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyalari masalalari hududiy byurolariga murojaat qilishlari so‘rab qolinadi.
Mavzuga oid
09:59 / 17.07.2026
Moskva birjasi indeksi 2022 yildan beri ilk bor 2000 punktdan pastladi
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026