Sport | 21:47 / 15.05.2017
7850
2 daqiqa o‘qiladi

Florentino Peres «Real» futbolchilariga katta miqdorda mukofot va'da qildi

Madridning «Real» klubi futbolchilar Ispaniya chempionati va Yevropa chempionlar ligasida birvarakayiga g‘alaba qozongan taqdirda juda katta miqdorda mukofot pullariga ega bo‘lishadi. Bu haqda Bernabeu Digital nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres futbolchilar ushbu ikki turnirdagi g‘alaba uchun 50 mln yevro miqdorida mukofot pullari va'da qilgan. «Qaymoqranglilar» rahbari jamoa sardori Serxio Ramos va Marselo Junior bilan uchrashgan va bu ikki musobaqada zafar quchish klub tarixida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan.

Agar klub bu yutuqni qo‘lga kiritsa, «qaymoqranglilar»ning 24 nafar futbolchisi va bosh murabbiyi Zayniddin Zidan 2 mln. yevrodan mukofot olishi mumkin. Yana 3 mln yevro klub tizimida ishlovchi boshqa xodimlar (bosh murabbiy yordamchilari, fizioterapevt va boshqa ishchilar) orasida bo‘lib chiqiladi.

Qayd etib o‘tish joiz, «Real» joriy mavsumda Chempionlar Ligasida ishtiroki uchun 39,7 mln. yevro ishlab topishgan. Agar jamoa bosh sovrinni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, yana 15 mln, agar final bilan cheklanilsa bu summa yana 11 mln yevroga ko‘payadi. Bundan tashqari «Real» marketingdan 25,5 mln yevro ishlab topadi.

Chempionlar Ligasining finali 3 iyun kuni Kardiffda bo‘lib o‘tadi va unda madridliklar «Yuventus» bilan kuch sinashadi. Ispaniya chempionatida ikkita  o‘yini qolgan jamoa 87 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Biroq jamoaning «Barselona»dan farqli zaxirasida yana bir o‘yini bor.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid