Jahon | 15:10 / 15.05.2017
13942
2 daqiqa o‘qiladi

MMA bo‘yicha jahon chempioni Rossiyada IShIDga yollash ishi bo‘yicha qidiruvga berildi

Rossiyada qozog‘istonlik taniqli jangchi, MMA va tay boksi bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Salohiddin Ayupov qidiruvga berildi. Maxsus xizmatlar 43 yoshli mashhur jangchini Rossiyadan bo‘lgan sportchilarni yig‘inlar va jahon chempionatlari vaqtida IShID terrorchilik guruhiga jalb etishda gumon qilmoqda, deb xabar berdi Mash portali. Qidiruvga berish haqidagi tashabbus RFning Krasnoyarsk o‘lkasi maxsus xizmatlari tomonidan chiqqan, u bu yerga bir necha yil muqaddam musobaqada ishtirok etish uchun kelgan. O‘z navbatida, Salohiddin Ayupov aybsizligi haqida ma'lum qildi.

— Men haqiqatdan ham uch yil avval Krasnoyarskda musobaqalarda bo‘lganman, biroq bunday narsalarga aloqam yo‘q. Hozirda Qozog‘istonda yashayapman va umid qilamanki, bularning bari xato. Mening ekstremistlarga hech qanday aloqam yo‘q, — deya ma'lum qildi Salohiddin Ayupov.

Ta'kidlab o‘tish joizki, Ayupov MMA’ning yana bir taniqli jangchisi Fyodor Yemelyanenko bilan MDH hududidagi janglarning asosiy tashkilotchisi sanaladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid