Jahon | 19:42 / 15.05.2017
5488
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada masjidga hujum qilindi, qurbonlar ko‘p

Foto: AP

Nigeriyaning markaziy qismida joylashgan masjidda noma'lum qurollangan shaxslar o‘t ochishdi, 20 fermer halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi politsiyaga asosan.

Hodisa mamlakatning markaziy qismidagi Etogi qishlog‘ida shanba kuni yuz bergan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum ortida fulani qabilasi vakillari turgan bo‘lishi mumkin.

"Qurollangan shaxslar masjid ichidagi kishilarga qarata ertalabki ibodat vaqtida o‘t ochishgan", - deya xabar berdi Niger shtati politsiyasi vakili Bala Elkana.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid