Din işlari böyiça qömita 2026 yilning birinçi yarim yilligida taşkilot tomonidan amalga oşirilgan işlar töğrisida hisobot berdi. Ma’lum qilinişiça, hisobot davrida «fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş, diniy sohadagi davlat siyosati va jamiyatda bağrikenglik muhitini mustahkamlaş, ekstremizm va terrorizm ğoyalariga qarşi kuraş»ga e’tibor qaratildi.
Yoşlarni yot ğoyalar ta’siridan asraş, diniy bağrikenglik va milliy qadriyatlarni keng tarğib qiliş maqsadida Özbekiston böylab «Jaholatga qarşi ma’rifat» şiori ostida ma’rifiy tadbirlar taşkil etildi. Xususan, 6 oy davomida «223 mingdan ortiq tarğibot, uçraşuv va suhbatlar» körinişida profilaktik tadbirlar ötkazilgan.
Ma’lum qilinişiça, 2026 yil iyul oyi holatiga Özbekistonda 2 160 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, 14 ta islom ta’lim muassasasi – 4 tasi oliy va 10 tasi örta maxsus hamda 5 ta ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritmoqda.
2026 yil birinçi yarim yilligi davomida 12 ta yangi masjid davlat röyxatidan ötkazildi. Şuningdek, 41 ta masjidda rekonstruksiya işlari, 10 ta masjidda kapital ta’mirlaş işlari amalga oşirildi.
Qömita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oşiriş va qayta tayyorlaş instituti tomonidan 3 575 nafar tinglovçi – imom-xatib va noiblar, otinoyilar, davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillari uçun malaka oşiriş kurslari taşkil etildi.
Xorijdagi özbekistonlik muhojirlar bilan tarğibot tadbirlarini ötkaziş uçun 35 nafar diniy soha xodimlari AQŞ, Kanada, Rossiya, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlariga borib keldi.
Qömita ma’lumotlariga köra, bugungi kunda Özbekistonda 199 ta noislomiy diniy taşkilot faoliyat yuritmoqda. «Hisobot davrida ularning qonunçilik talablari asosida erkin faoliyat olib borişi uçun zarur taşkiliy va huquqiy kömak körsatildi», deyiladi axborotda.
Şuningdek, birinçi yarim yillikda «noislomiy diniy taşkilotlar rahbarlari iştirokida 5 ta hududiy seminar taşkil qilingan, ularning 7 ta diniy bayrami uyuşqoqlik bilan ötkazilgan».
Ma’lumot uçun, butun 2025 yil davomida Özbekiston böylab atigi

















