Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon sobiq rahbari: Tramp davrida AQSh va Rossiya munosabatlari keskinlashdi
AQShning sobiq mudofaa vaziri Robert Geyts CBS News telekanaliga bergan intervyusida AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga doir fikrlarini bildirgan. Uning bayonot berishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan.
"O‘ylashimcha, odamlarni hayron qoldirgan narsalardan biri shu bo‘ldiki, saylovlardan keyin Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi", — degan Geyts. Uning qayd etishicha, Tramp Rossiyaga "hech qanday yon bosishlar qilayotgani yo‘q". Geyts, shuningdek, Oq uyning Xitoy va Rossiyaga nisbatan munosabatlari o‘rtasida farq borligini ta'kidlagan.
Geyts AQSh ma'muriyatining RF TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuvini izohlar ekan, sovet tashqi ishlar vazirlari ham bir vaqtlar kelib turgani hisobga olinsa, bu uchrashuv "unchalik ham katta ish emas", degan fikrni bildirdi. Geytsga ko‘ra, "siyosat va amaliyot" muhim hisoblanadi, amerikaliklar bu yo‘nalishda "ancha jiddiy kayfiyatda".
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
10:45 / 18.07.2026
Rossiyada harbiy xizmat uchun mahkumlar doirasini kengaytirish taklif etildi
10:20 / 18.07.2026