Jahon | 13:12 / 15.05.2017
9597
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyani 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy xavfsizligi strategiyasini tasdiqladi. Shu haqdagi prezident farmoni Huquqiy axborot rasmiy portaliga joylashtirilgan

Unda asosiy tahdidlar qayd etilgan. Xususan, iqtisodiyotning asosiy sektorlariga nisbatan choralar, xorijiy moliya zaxiralaridan va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga cheklovlar, mamlakat chegaralariga yaqin va iqtisodiy manfaatlariga aloqador hududlarda ziddiyatlar paydo qilinishi, jahon xom ashyo va moliya bozorlari kon'yunktura tebranishlarining kuchayishi, jahon energiya manbalariga bo‘lgan talab tuzilmasidagi o‘zgarishlar, iqtisodiy rivojlanishning eksport-xomashyo modeli o‘zini oqlamaganligi va yoqilg‘i-xom ashyo zaxira bazasining tugashi shular jumlasidan. 

Strategiya zaxira-xom ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnologik va moliyaviy sohalarda inqirozli holatlarning oldini olish hamda fuqarolarning turmush darajasi pasayishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutadi. Bundan tashqari, u g‘arb sanksiyalariga sharoitida javob choralarini ko‘rish mexanizmini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid