Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina "Yandeks", "Odnoklassniki" "VKontakte"ni uch yilga blokladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Milliy xavfsizlik va Ukraina mudofaasi kengashi (MXKM)ning "Odnoklassniki" "VKontakte" ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek Yandeks, Mail.ru va ularning servislariga qarshi sanksiya kiritishi to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi.
"Poroshenko Milliy xavfsizlik va Ukraina mudofaasi kengashi (MXKM)ning "Odnoklassniki" "VKontakte" ijtimoiy tarmoqlari, shuningdek "Mail.ru", "Yandeks" va "Yandeks. Ukraina" servislari resurslariga qarshi sanksiya kiritishi to‘g‘risidagi qarorini kuchga kiritdi", - deya xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.
Manbaga ko‘ra, sanksiyalar uch yilga mo‘ljallangan.
Shuningdek Poroshenko sanksiyalar e'lon qilingan RFning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan kengaytirilgan qidiruv ro‘yxatini tasdiqladi. Endilikda jismoniy shaxslarning sanktsion ro‘yxati - 1228 kishi, yuridik shaxslarning sanktsion ro‘yxati esa - 468 kishidan iborat. Ro‘yxatda Davlat dumasining qator deputatlari, jurnalistlar, Konstitutsion sud sudyalari nomlari qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026