Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘ylab har kuni necha nafar o‘smir hayotdan ko‘z yumishi ma'lum qilindi
Foto: Anadolu
Har yili dunyo bo‘ylab 1,2 milliondan ortiq o‘smirlar oldini olish mumkin bo‘lgan sabablarga ko‘ra halok bo‘ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining seshanba kuni e'lon qilingan hisobotida aytildi.
Shu tariqa har kuni dunyoda ko‘rsatilgan sabablar tufayli kamida uch ming o‘smir hayotdan ko‘z yumadi.
Masalan, 2015 yilda 10-19 yoshda bo‘lgan o‘smirlar o‘limiga asosan YTH sabab bo‘lgan, ular natijasida 115 mingdan ortiq inson halok bo‘lgandi. O‘limlarning boshqa sabablari orasida pastki nafas olish yo‘llari infeksiyasi va o‘z joniga suiqasd qilish bor.
O‘smirlar o‘rtasidagi o‘lim holatining uchdan ikki qismi Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikada qayd etilgan.
Hisobotda ta'kidlanishicha, o‘smirlar o‘limini oldini olishda sog‘liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy soha bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash juda muhim.
Mavzuga oid
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
18:48 / 16.05.2026
Hantavirusning tarqalishi jiddiy emas va tez orada barham topishi kerak – JSST
18:50 / 08.05.2026