Jahon | 10:45 / 17.05.2017
5211
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Turkiyaga kurdlar partiyasiga qarshi kurashda yordam berishni va'da qildi

Foto: AFP

Pentagon rahbari Jyeyms Mettis va Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishiq 16 may kuni Vashingtonda Yaqin Sharqdagi vaziyatni hamda terrorizmga qarshi kurash masalasini muhokama qildi.

"Siyosatchilar "Kurdiston ishchilar partiyasi" bo‘yicha tashvishlarini bildirishdi. AQSh ushbu tashkilotni turkiyalik ko‘plab begunoh kishilarning o‘limida aybdor sanaydi va uni terrorchi tashkilot hisoblaydi. Vazir yana bir bor AQSh Turkiyani KIPga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi hamda bu boradagi hamkorlikni kengaytirish rejalarini tasdiqladi", deyilgan xabarda.

Tomonlar shuningdek, Suriyadagi inqiroz bo‘yicha muhokama o‘tkazishgan va "bu zo‘ravonlikka nuqta qo‘yish uchun hamkorlikni davom ettirishga" kelishishgan.

Mettis va Ishiq Suriya hamda Iroqda tinchlik va barqarorlik ta'minlanishi tarafdori ekanliklarini ifoda etishgan.

Pentagon press-relizida IShIDga qarshi yagona koalitsiya tarkibida kurashish haqida gap yo‘q.

Ma'lumot uchun, AQSh Suriyadagi kurdlarni IShIDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlab keladi. Turkiya esa Suriyadagi kurdlarning YPG (Suriya kurdlarining milliy mudofaa otryadlari) va PYD (Suriyadagi "Demokratik ittifoq" partiyasi) tashkilotlarini KIP ("Kurdiston ishchilar partiyasi") bilan aloqador hisoblaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid