Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: issiqxona – daromad manbai
Davlat rahbari Xovos tumanidagi “Hoji Gadoyboy ota” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonani ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.
Sirdaryo viloyatida 2016-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalar qurish, amaldagilarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, qadoqlash materiallari ishlab chiqarish dasturi doirasida issiqxonaga Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan yuqori samaradorlikka ega zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan.
Qiymati 625 ming dollar, maydoni bir gektar bo‘lgan issiqxonada yiliga 150-200 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Mahsulotlarning asosiy qismini eksport qilish rejalashtirilgan.
Prezident mazkur issiqxonani kengaytirish, boshqa viloyatlarda ham shunday korxonalar tashkil etish, mazkur soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta'kidladi.
Shu yerning o‘zida viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.
Mavzuga oid
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
17:19 / 11.04.2026
Toshkentda havo sifatini yaxshilash: issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi
10:31 / 30.03.2026