09:32 / 17.05.2017
7313

Toshkentda 24 soat ichida 4 ta yong‘in yuz berdi

2017 yilning 15 may kuni soat 08:00 dan 16 may kuni soat 08:00 ga qadar Toshkent shahrida 4 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xususan, 2017 yil 15 may kuni soat 12:41 da Chilonzor tumani, Beshqo‘rg‘on ko‘chasida yonma-yon joylashgan 3 ta xonadon 200 kv.m.maydonda yongan. 15 may kuni soat 15:55 da Yunusobod tumani, Minor mavzesi 68-uy orqasida daraxt yongan.

Bundan tashqari, 2017 yil 15 may kuni soat 17:35 da Olmazor tumani, Chimboy dahasi 1-uy oldidagi jar yoqasidagi 30 kv.metr maydonda chiqindi yongan. 2017 yil 15 may kuni soat 23:41 da Olmazor tumani, Qoraqamish 2/5daxasi, 1-A uy orqasidagi tashlandiq bino ichidagi 5 kv.metr maydonda chiqindi yongan. Yuz bergan barcha yong‘inlar sababi aniqlanmoqda. 

Top