Bojxonachilarni aldamoqchi bo‘lgan ayollar nayrangi fosh etildi
Fuqarolar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlarining oldini olish va ularga huquqiy tushunchalar berish maqsadida barcha bojxona postlaridagi normativ huquqiy hujjatlar peshtaxtalarida va bu haqdagi ma'lumotlar aks etgan videoroliklar bojxona postlaridagi monitorlar orqali namoyish etib borilmoqda.
Shu bilan birga, bojxona xodimlari bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan fuqarolarga og‘zaki tushuntirish ishlarini ham olib borishadi. Shunga qaramay, ayrim fuqarolar bojxona chegaralari orqali valyuta boyliklarini yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga urinish hollari ham uchrab turibdi.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan shu turdagi qonunbuzarlik holatlarining oldi olindi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
“Toshkent-Chelyabinsk” yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchisi fuqaro T.Soliyeva (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) bojxona xodimlari tomonidan amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, uning ichki kiyimida bojxona bayonnomasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilinmagan 500 AQSh dollari va 650 Rossiya rubli yashirilganligi ma'lum bo‘ldi.
Yana bir holatda, “Toshkent-Sverdlovsk” yo‘nalishidagi poyezd yo‘lovchisi fuqaro Z.Mirzayeva ichki kiyimlari orasiga yashirgan holda 1214 AQSh dollarini olib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolindi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlar Zangiota tuman sudining qarori bilan Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (MJtK) 227-22 – moddasi bilan aybdor deb topilib, mazkur kodeksning 21-moddasini qo‘llab ogohlantirildi. Aniqlangan chet el valyutalari esa davlat egaliliga o‘tkazildi.
Mavzuga oid
19:52 / 26.12.2024
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55 / 26.12.2024
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024