Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda mashinada odamlar urib ketilishi oqibatida necha kishi jabrlanganiga oydinlik kiritildi
Nyu-York markazidagi Tayms-Skver maydonida haydovchi avtomobilida odamlarni urib ketishi oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘ldi, umumiy hisobda 22 kishi jarohat oldi.
"Mashina ostiga 23 piyoda tushgan, to‘qnashuv oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 22 jabrlanuvchi esa shifoxonalarga yetkazilgan", deb ma'lum qildi politsiya komissari Jyeyms O'Nil CBS telekanali efirida.
18 may avvalroq kuni avtomobil Tayms-skver maydonida piyodalarni urib ketgan. Shahar meri Bill de Blazioning aytishicha, ayni vaqtda voqea terakt sifatida qaralmayapti. Biroq guvohlarning aytishicha, haydovchi buni ataylab sodir etgan, chunki u harakatga qarshi va piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab yurib, odamlarni urib ketgan.
Ushbu voqeani sodir etgan haydovchi sobiq harbiy bo‘lib chiqdi. Bu kimsa 26 yoshli Richard Roxas bo‘lib, u avval 2008 va 2015 yillarda mast holatda mashina haydaganlik uchun hibsga olingan. Ayni vaqtda erkakning qonida alkogol yoki giyohvand modda borligi tekshirilmoqda.
Voqea guvohlari politsiya tomondan haydovchining qo‘lga olinishi videosini tasvirga olishdi. Videoda huquq-tartibot idoralari xodimlari qo‘llari kishanlangan erkakni mashina o‘tkazayotganlarini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025