O‘zbekiston | 20:00 / 18.05.2017
69724
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga boradi

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saudning taklifiga binoan 2017 yil 21 may kuni Ar-Riyoz shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Davlat rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident Ar-Riyozda Tramp bilan uchrashishi mumkin. AQSh prezidenti ertaga 9 kunlik turnega chiqmoqda va u 21 may kuni Saudiya Arabistonida bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid