09:50 / 19.05.2017
13350

«Tottenhem» «Lester»ga istagancha gol urdi

Foto: twitter.com/@premierleague

Angliya premer ligasining 34-turidan qoldirilgan «Lester» va «Tottenhem» uchrashuvida yirik hisob qayd etildi.

«Tottenhem» futbolchilari maydon egalari darvozasini 6 marta ishg‘ol qildi. Bu gollarga «Lester» bitta javob qaytara oldi.

G‘oliblarning 4 golini Harri Keyn urdi, yana ikki golga janubiy koreyalik Son Xyon Min mualliflik qildi.

«Lester»ning yagona goli esa Chiluell tomonidan kiritildi.

Bu uchrashuvdagi gollari evaziga Harri Keyn turnir to‘purarlari jadvalida 26 gol bilan birinchi o‘ringa joylashdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda esa «Everton» hujumchisi Romelu Lukaku (24ta gol) hamda «Arsenal» yetakchisi Aleksis Sanches (23ta gol) bormoqda.

Ushbu g‘alabadan keyin ikkinchi o‘rindagi «Tottenhem» ochkolari sonini 83taga yetkazdi, «Lester» 43 ochkosi bilan 11-pog‘onada qoldi.

Angliya chempionati
34-tur

Lester – Tottenhem 1:6 (0:2)
Gollar: 0:1 – 25 Keyn, 0:2 – 36 Son Xyon Min, 1:2 – 59 Chiluell, 1:3 – 63 Keyn, 1:4 – 71 Son Xyon Min, 1:5 – 88 Keyn, 1:6 – 90 Keyn.
Lester: Shmeyxel, Benaluan (Grey, 66), Simpson, Chiluell, Fuks, Olbrayton, Ndidi, Amarti, Mahrez, Vardi (Musa, 78), Okadzaki (Slimani, 46).
Tottenhem: Loris, Devis, Vertongen, Alderveyreld, Vanyama, Dayyer, Dembele (Lesnyak, 86), Sissoko (Nkudu, 90), Alli, Son Xyon Min (Yanssen, 78), Keyn.
Ogohlantirishlar: Sissoko (65), Olbrayton (65), Grey (75), Simpson (80).

Mavzuga oid
Top