Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh prezidenti sifatida ilk xorijiy safarini boshlamoqda
Foto: AFP
Ronald Reygan davridan buyon AQShning barcha prezidentlari ilk xorijiy safarini Kanadaga yoki Meksikaga uyushtirayotgandi. Bu an'anani Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan Donald Tramp buzdi. Bu mamlakat u AQSh prezidenti sifatida tashrif buyuradigan ilk mamlakat bo‘ladi.
Tramp 21 may kuni Ar-Riyozda o‘tkaziladigan Arab-musulmon mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari sammitida ishtirok etadi.
Vashington va Ar-Riyoz munosabatlari Obama davrida sovuqlashdi, Tramp shu munosabatlarni iliqlashtirish niyatida. U ikki davlat o‘rtasida inson huquqlari bo‘yicha zid qarashlarni birinchi plandan olib, Eronga qarshi hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirgan.
Saudiya Arabistonidan keyin Tramp Isroilga yo‘l oladi. Tramp shuningdek, falastinliklar yetakchisi Mahmud Abbos bilan uchrashishni ham rejalashtirgan.
Keyinchalik Belgiya, Italiya va Vatikanga tashrif bilan boriladi.
Turne 9 kun davom etishi aytilgan. Manbada yozilishicha, Trampning birinchi xorijiy safari u uchun juda muhim. Shuningdek mamlakat uchun ham.
Mavzuga oid
22:56 / 03.03.2026
Tramp Eronning yangi rahbariyatiga zarba berilganini aytdi
21:35 / 03.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Pokiston va Ko‘rfaz davlatlarining pozitsiyasi qanday?
19:20 / 03.03.2026
O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharq mamlakatlariga parvozlar vaqtincha to‘xtatildi
15:26 / 03.03.2026